
Mashhur sobiq futbol hakami Perluiji Kollina hakamlarga ko‘mak berayotgan (VAR) tizimi simulyatsiya bilan kurash olib borishda yordam berayotganini aytib o‘tdi.
«Umuman olganda futbol simulyatsiya bilan omadli kurash olib bormoqda. Men sizga ko‘proq narsa aytaman: VAR tizimining tadbiq qilinishi uni umuman yo‘q qilish uchun chorlangan. Hozirda biz ushbu fenomenning pasayotganini kuzatmoqdamiz.
Bugun har bir futbolchi tushunib turibdiki: VAR tizimi maydonning har bir burchagiga yeta oladi va kurashning har qanday joyini kuzatishi mumkin. Bosh hakamning ko‘zi ilg‘amagan narsani videotakror yo‘qotmaydi. Qoidabuzarlar tushunib turibdiki, ularning boshqa iloji ham yo‘q. Ishoning, bu juda ham kuchli ruhiy anglatish.
Ushbu tizimning tadbiq qilinishi o‘yinni yaxshilash uchun joriy qilingan. VAR – muxlislar, futbolchilar va hakamlar uchun yordamchi. Ha, o‘yin payti vaziyatni ko‘rib chiqish uchun ko‘proq vaqt ketmoqda, lekin keyinchalik yo‘lga tushib ketadi.
VAR o‘zini Rossiyadagi jahon chempionatida yaxshi ko‘rsatdi, tizimni Libertadores kubogida ham ishlatishdi. Germaniya, Portugaliya, Italiya, Koreya, Avstraliya chempionatlarida ham tadbiq qilindi. VAR tizimi bor statistika musobaqalarda simulyatsiyaning deyarli yo‘q bo‘lganini ko‘rsatmoqda», - deydi Kollina. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar