
Norvegiyalik grossmeyster Magnus Karlsen tay-breykda amerikalik Fabiano Karuanani mag‘lub etib, jahon chempionligi unvonini o‘zida saqlab qoldi.
9-26 noyabr kunlari o‘tkazilgan 12 turda 6-6 hisobidagi durang natijani qayd etgan sportchilar 28 noyabr kuni tay-breykda g‘olib nomiga aniqlik kiritishdi. Bunda norvegiyalik sportchi kelib chiqishi italiyalik bo‘lgan Karuana ustidan 3-0 hisobida g‘alaba qozondi.
Magnus Karlsen 2013 yildan buyon shaxmat bo‘yicha jahon chempionligini hech kimga bermay kelmoqda. 27 yoshli sportchi 2013 yilda ushbu unvon uchun Hindistonning Chennay shahrida o‘tkazilgan bahsda hindistonlik Vishvanatan Ananddan ustun kelgandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar