21:49 / 30.11.2018
3 413

Shota Arveladze: "OChLdagi raqibimiz juda jiddiy"

Shota Arveladze: "OChLdagi raqibimiz juda jiddiy"
"Paxtakor" - "Bunyodkor" (4:0) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar ustozi Shota Arveladze o‘z fikrlarini bildirdi.

"Avvalo yana bir bor "Lokomotiv"ni chempionlik bilan tabriklayman. Bugun ular Namanganda "Navbahor"ni ham mag‘lub etishdi. Bugun "Paxtakor" imidji uchun o‘ynadik. Bugungi o‘yinga kelgan muxlislarga va jurnalistlarga rahmat aytmoqchiman. Futbolchilar yaxshi o‘yin namoyish etishdi. "Bunyodkor" butun mavsum chempionatda kuchli uch jamoadan biri bo‘ldi va uchinchi o‘rin uchun oxirigacha kurashdi, - deydi Shota Arveladze.

- Jamoa qachon yig‘iladi va keyingi rejalar qanday?
- 12 fevral kuni OChL ilk uchrashuvini o‘tkazamiz. Iroq klubi oxirgi uch mavsumda OFK kubogini yutgan. Juda jiddiy raqib. Xudo xohlasa, bu o‘yinni yutsak 19 fevral kuni safarda boshqa raqib bilan o‘ynaymiz. 24 dekabr kuni Toshkentda yig‘ilamiz va Yangi yil bayramiga qadar jismoniy mashg‘ulotlar o‘tkazamiz. 3 yanvardan navbatdagi yig‘in boshlaymiz. Dekabr va yanvar oyida bizning 14 nafar futbolchimiz turli terma jamoalarda bo‘lishadi. Shunday bo‘lsa ham mavsumga munosib tayyorgarlik ko‘rishga umid qilamiz. Barcha terma jamoalarmizga omad tilayman.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shota Arveladze: "OChLdagi raqibimiz juda jiddiy"