Ispaniya chempionatining 14-turida «Jirona» Madridning «Atletiko» klubini qabul qildi. «Munisipal de Montilivi» stadionida kechgan uchrashuvda 1:1 hisobidagi durang natija qayd etildi.
Maydon egalari birinchi bo‘limga qo‘shilgan daqiqalarda Kristian Stuani tomonidan penaltidan urilgan gol evaziga hisobni ochishdi. «Matraschilar» 82-daqiqada «Jirona» himoyachisi Xonas Ramalo o‘z jamoasi darvozasini ishg‘ol etib qo‘ydi.
Shu tariqa, ikki jamoa ham Primerada mag‘lubiyatsiz seriyani davom ettirdi: «Atletiko»da 11 o‘yin (5 g‘alaba, 6 durang), «Jirona»da 6 o‘yin (3 g‘alaba, 3 durang).
Endilikda «Atletiko» ochkolari sonini 25taga yetkazgan holda turnir jadvallida uchinchi o‘rinda joylashgan. «Barselona»da ham shuncha ochko bor, katalonlar tur o‘yinini bugun o‘tkazishadi. Peshqadam «Sevilya»da 26 ochko mavjud, andalusiyaliklarda ham zaxira o‘yini mavjud. «Jirona» 20 ochko bilan sakkizinchi o‘rinda joylashgan.
Ispaniya chempionati
14-tur
Jirona – Atletiko 1:1 (1:0, 0:1)
Gollar: 1:0 – 45, penalti Stuani, 1:1 – 82, avtogol Ramalo.
Jirona – Bunu (Iraysos, 72), Ramalo, Espinosa, Xuanpe, Porro, Pons, Granel, Roberts (Portu, 66), Aleish Garsiya (Fernandes, 83), Garsiya, Stuani.
Atletiko – Oblak, Lyuka Ernandes, Savich, Aryas (Jelson Martinsh, 74), Koke, Saul, Rodri Ernandes (Korrea, 64), Parti, Lemar, Grizmann, Diyego Kosta.
Ogohlantirishlar: Grizmann (17), Koke (41), Parti (72), Diyego Kosta (89), Saul (89). “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Donald Tramp sudga hurmatsizlik qilgani uchun jarimaga tortildi
Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Falastin prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazdi
Iordan daryosi G‘arbiy sohilida falastinlik talabalar nemis diplomatini tadbirdan quvib chiqardi
Timur Kapadze tarixiy natija qayd etilganidan so‘ng nimalar dedi?
Internet-qaroqchilik. Buning uchun qanday javobgarlik bor?
Hatto meva mumkin emas: jigar uchun zararli uch odat
Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi: "Parij Olimpiadasiga qit’a chempionlari maqomida borishni maqsad qilganmiz"