
«Bavariya» yarimhimoyachisi Aren Robben mavsum yakunida klubni tark etishi haqida ma’lum qildi.
«Bu mening «Bavariya»dagi oxirgi mavsumim.
Men bu klubda ajoyib 10 yilni o‘tkazdim», – degan futbolchi.
Ayni vaqtda 34 yoshda bo‘lgan futbolchi myunxenliklar jamoasi safida 2009 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. Robben joriy mavsumda 9 o‘yinda maydonga tushdi va 3 gol urdi.
U «Bavariya»da 10 mavsum davomida 305 o‘yinda maydonga tushgan hamda jami 143 golga mualliflik qilgan. Robben nemis klubi bilan bu davr mobaynida 7 marta Bundesliga chempioniga aylangan, 5 marta Superkubokka ega chiqqan, bir martadan Chempionlar ligasi va UYeFA Superkubogida g‘olib bo‘lgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar