11:13 / 03.12.2018
3 328

Superliga pley-off. Bugun “So‘g‘diyona” - “Mash’al” to‘qnashuvi bo‘ladi

Superliga pley-off. Bugun “So‘g‘diyona” - “Mash’al” to‘qnashuvi bo‘ladi
Xabaringiz bor bugun Toshkentdagi “Paxtakor” markaziy stadionida Superliga yo‘llanmasi uchun dastlabki pley-off juftliklari – “So‘g‘diyona” - “Mash’al” o‘yini bo‘lib o‘tadi.

Aytish kerakki, "Mash’al" bu mavsum Pro-liganing "A" guruhida kurash olib borib, yakunda 2-o‘rinni egallab Pro-liganing "B" guruhida 2-o‘rinni qo‘lga kiritgan "Sherdor" bilan kuch sinashdi va yirik hisobda g‘alaba qozonib Superliga yo‘llanmasi uchun kurashni davom ettiradigan bo‘ldi. Endi muborakliklarga Superligada 11-o‘rinni qo‘lga kiritgan "So‘g‘diyona" raqiblik qiladi. Uchrashuv g‘olibi esa kelgusi mavsumni Superligada o‘tkazish huquqini qo‘lga kiritadi.

“Sport” telekanali rejissori Jamoliddin Bobojonovning so‘zlariga ko‘ra ushbu uchrashuv bugun futbol ishqibozlariga jonli efirda namoyish etiladi. O‘yinni taniqli sharhlovchi Hayrulla Hamidov sharhlab boradi.

Eslatib o‘tamiz, “So‘g‘diyona” - “Mash’al” bahsi soat 14:00da boshlanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Superliga pley-off. Bugun “So‘g‘diyona” - “Mash’al” to‘qnashuvi bo‘ladi