18:33 / 05.12.2018
4 243

Isroil Madrimov bitta g‘alabadayoq WBA reytingida TOP-10likdan joy oldi

Isroil Madrimov bitta g‘alabadayoq WBA reytingida TOP-10likdan joy oldi
Professional boksning super yarim o‘rta (-69,85 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan o‘zbekistonlik bokschi Isroil Madrimov WBA ning noyabr oyidagi yangi reytingida kuchli o‘nlikdan joy oldi.

Professional boksda bitta jangda ishtirok etgan Madrimov bahsdagi g‘alabasi sabab WBA InterContinental kamari sohibi bo‘lgandi. Aynan shu natija uning yangi reytingda top-10likdan joy olishi uchun yetarli bo‘ldi.

Reytingda super yarim yengil (-55,34 kg) vazn toifasi vakili Murodjon Ahmadaliyev birinchi o‘ringa ko‘tarilgan bo‘lsa, super yengil (-63,5 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan Shohjahon Ergashev xuddi o‘tgan oydagi kabi yettinchi, Shahram G‘iyosov esa 15-o‘rinni saqlab qolgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Isroil Madrimov bitta g‘alabadayoq WBA reytingida TOP-10likdan joy oldi