
«Fulxem» klubi bosh murabbiyi Klaudio Raneri Angliya chempionati 16-tur doirasida «Manchester Yunayted» jamoasidan qabul qilib olingan mag‘lubiyat borasida fikr bildirib o‘tdi.
«Birinchi bo‘limda 11 ta qo‘zichoqlar 11 ta bo‘riga qarshi o‘ynadi va bo‘rilar ularni yeb qo‘yishdi.
Ikkinchi bo‘lim yaxshiroq bo‘ldi, lekin men nega bunday bo‘lganini tushunib olishim kerak: «MYu» 3:0 hisobida oldinga chiqib olgani uchunmi yoki biz yaxshiroq o‘ynadik.
Biz yanada kuchli bo‘lishimiz va dadilroq harakat qilishimiz lozim. Birinchi bo‘limda biroz uyaldik va nimanidir kutayotgandek edik. Nimani kutdik? Boring futbol o‘ynang.
Mening jamoam har bir to‘p uchun kurashib o‘ynashini istayman. Ikkinchi bo‘limda bu bo‘ldi, birinchi bo‘lim esa qizib olish kabi», - deydi Raneri.
Klaudio RaneriFulxem klubiAngliya chempionatiManchester Yunaytedmag‘lubiyatfutbol o‘ynashkuchli jamoabirinchi bo‘limikkinchi bo‘lim O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar