Bokschi Vasiliy Lomachenko WBA kamari yoniga WBO kamarini ham qo‘shib qo‘ydi

Bokschi Vasiliy Lomachenko WBA kamari yoniga WBO kamarini ham qo‘shib qo‘ydi
Professional boksning yengil (-61, 23 kg) toifasida WBA kamari sohibi ukrainalik Vasiliy Lomachenko 9 dekabr kuni Nyu-Yorkdagi "Madison Square Garden" arenasida puertorikolik Xose Pedrasani mag‘lub etib, WBO kamarini ham qo‘lga kiritdi.

12 raund davom etgan jangda Lomachenko to‘liq ustunlik qildi. 11-raundda u raqibini ikki marta nokdaun holatiga tushirishga muvaffaq bo‘ldi. Yakunda hakamlar bir ovozdan 119-107, 117-109, 117-109 hisobida Lomachenko g‘alaba qozonganini e’tirof etishdi. Natijada Lomachenko yengil vaznda bir yo‘la ikkita kamar sohibiga aylandi.

Mazkur yutuq ukrainalik sportchi uchun professional boksdagi 12-g‘alaba (9 tasi nokaut) bo‘ldi. Bundan tashqari Lomachenko bitta jangda yutqazgan.

Ukrainalik bokschi ayni vaqtda vazn toifasidan qat’i nazar dunyoning eng kuchli bokschilari reytingida birinchi o‘rinda bormoqda.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar