Dortmundning «Borussiya» klubi hujumchisi Jeydon Sanchoning transfer qiymati 87,9 mln yevroga yetdi. CIES Football Observatory tahlilchilari shunday xulosaga kelishgan.
Sentyabrda hujumchining narxi 9,7 mln yevroga baholangan va bu ko‘rsatkich uch oy davomida 806 foizga oshib ketgan. Ushbu vaqt oralig‘ida jahonning hech qaysi futbolchisi bu qadar katta sur’atda qimmatlab ketmagan.
Shuningdek, Sanchodan tashqari uning jamoadoshi Marko Roys transfer qiymatining keskin ko‘tarilishi bo‘yicha ikkinchi o‘rinda qayd etilgan. Sentyabr oyidan buyon 29 yoshli nemis 4,6 milliondan 23,5 mln yevrogacha oshgan.
18 yashar Sancho - «Manchester Siti» tarbiyalanuvchisi sanaladi. U 17 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Jahon chempionatida Angliya termasi safida o‘zini ko‘rsatgan va chempionlikka erishgan; Yevropa chempionatida esa finalgacha yetib borib, musobaqaning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan.
«Borussiya» Jeydonni 2017 yil avgustida taxminan 8 mln funtga sotib olgan. Shu yilning oktyabrida u Bundesliganing eng yaxshi futbolchisi deb topildi va Angliya termasida debyut qildi; qisqa vaqt ichida «uch sherlar» tarkibida uchta golni o‘z nomiga rasmiylashtirdi.
Jeydon bu mavsum boshidan buyon dortmundliklarning 24 o‘yinida qatnashib, 6+7 mahsuldorlik natijasini qayd etishga ulgurdi.
Chapda: transfer narxiga eng ko‘p qiymat qo‘shilgan futbolchilar
O‘ngda: narx o‘sishining foizdagi darajasi bo‘yicha eng katta sakrashga erishgan futbolchilar “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda
Diniy qo‘mita: Turli vizalar bilan Haj amallarini bajarishning imkoni yo‘q
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Liga 1. PSJ muddatidan oldin chempionlikni hal qildi
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi
O‘zbekistonga qarshi Indoneziyaning asosiy hujumchilaridan biri maydonga tusha olmaydi
O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi