11:15 / 15.12.2018
3 897

O‘zbekiston MTJ Turkiyaga jo‘nab ketdi (foto)

O‘zbekiston MTJ Turkiyaga jo‘nab ketdi (foto)
Foto: O‘FA matbuot xizmati
O‘zbekiston milliy terma jamoasi joriy yilning 15-29 dekabr kunlari Turkiyaning Antaliya shahrida navbatdagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazishi haqida avval xabar berib o‘tgandik.

Kecha milliy terma jamoamiz a’zolari tibbiy tekshiruvdan o‘tishdi. Terma jamoa shifokori Abror Pirriyevning ma’lum qilishicha, barcha futbolchilarning sog‘lig‘i joyida. Jarohat bezovta qilayotganlar yo‘q, deb xabar bermoqda «O‘FA» matbuot xizmati.

Bugun, 15 dekabr kuni Ektor Kuper boshchiligidagi milliy terma jamoamiz a’zolari erta tongda Toshkent – Istambul – Antaliya yo‘nalishida Turkiyaga jo‘nab ketishdi.

Futbolchilarimiz 29 dekabrga qadar Turkiyada yig‘in o‘tkazib, keyin poytaxtimizga qaytib kelishadi. 3 kundan keyin esa Osiyo Kubogida ishtirok etish uchun Birlashgan Arab Amirliklariga jo‘nab ketishadi.

Turkiyaga yo‘l olgan futbolchilar ro‘yxati:

Darvozabonlar:
Ignatiy Nesterov ("Lokomotiv")
O‘tkir Yusupov ("Qo‘qon-1912")
Sanjar Quvvatov ("Nasaf")
Javohir Ilyosov ("Metallurg")

Himoyachilar:
Yegor Krimets ("Paxtakor")
Anzur Ismoilov ("Lokomotiv")
Doston Tursunov ("Neftchi")
Islom To‘xtaxo‘jayev ("Lokomotiv")
Oleg Zoteyev ("Lokomotiv")
Farrux Sayfiyev ("Paxtakor")
Akmal Shorahmedov ("Paxtakor")
Davron Hoshimov ("Navbahor")

Yarim himoyachilar:
Odil Hamrobekov ("Nasaf")
Odil Ahmedov ("Shanxay SIPG", Xitoy)
Otabek Shukurov ("Sharja", BAA)
Dilshod Rahmatullayev ("Paxtakor")
Fozil Musayev ("Jubilo Ivata", Yaponiya)
Jaloliddin Masharipov ("Paxtakor")
Aziz Turg‘unbayev ("Navbahor")
Doston Hamdamov ("Anji", Rossiya)
Jasur Yaxshiboyev ("Paxtakor")
Javohir Sidiqov ("Qo‘qon-1912")
Ikrom Aliboyev ("Seul", J.Koreya)
Eldor Shomurodov ("Rostov", Rossiya)

Hujumchilar:
Marat Bikmayev ("Lokomotiv")
Sardor Rashidov ("Lokomotiv")
Ivan Nagayev ("Qizilqum")

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston MTJ Turkiyaga jo‘nab ketdi (foto)