
Angliya Premer-ligasining 17-turida «Brayton end Houv Albion» «Chelsi»ni qabul qildi. «Falmer – Ze Ameks» stadionida kechgan uchrashuvda mehmonlar jamoasi 2:1 hisobidagi g‘alabaga erishdi.
G‘oliblar safida Pedro Rodriges va Eden Azar mos ravishda 17- va 33-daqiqalarda darvozani ishg‘ol qilishdi. 66-daqiqada Solomon March mezbonlarning yagona javob golini yo‘lladi.
Qatorasiga ikkinchi g‘alaba evaziga «Chelsi» ochkolari sonini 37taga yetkazib, turnir jadvalida to‘rtinchi o‘rinda joylashgan, Maurisio Sarri shogirdlari peshqadam «Manchester Siti»dan 7 ochko ortda qolishmoqda. «Brayton» 21 ochko bilan — 13-o‘rinda qolgan.
Angliya chempionati
17-tur
Brayton – Chelsi 1:2 (0:2, 1:0)
Gollar: 0:1 – 17 Pedro, 0:2 – 33 Azar, 1:2 – 66 March.
Brayton – Rayan, Balogun, Bernardo, Montoyya, Dank, Propper, Stivens, Knokert (Lokadiya, 83), Gross (Bissuma, 81), March, Myurrey (Andone, 60).
Chelsi – Arrisabalaga, Ryudiger, Alonso, Aspilikueta, David Luiz, Azar (Jiru, 83), Kante, Pedro (Loftus-Chik, 66), Kovachich (Barkli, 75), Villian, Jorjino.
Ogohlantirishlar: Dank (55), Andone (69), Alonso (87), Arrisabalaga (90). “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar