21:25 / 17.12.2018
3 761

OFK: Odil Hamrobekov – eʼtiborga arzigulik futbolchi

OFK: Odil Hamrobekov – eʼtiborga arzigulik futbolchi
Osiyo futbol konfederatsiyasining rasmiy sayti www.the-afc.com Osiyo Kubogi oldidan ishtirokchi terma jamoalar tarkibida porlashi kutilayotgan futbolchilar haqida turkum maqolalar eʼlon qilib bormoqda. Bu safar OFK sayti Oʻzbekiston milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Odil Hamrobekovga eʼtibor qaratdi. Quyida eʼtiboringizga OFK saytida eʼlon qilingan maqolaning tarjimasini havola qilamiz:

Oʻzbekiston milliy terma jamoasi oʻzining 7-Osiyo Kubogi hisoblangan BAAda boʻlib oʻtadigan musobaqada bir qator futbolchilar qatori Odil Hamrobekovga ham katta umid bogʻlamoqda.

Oʻzbekiston mustaqillikka erishganidan keyin oʻtkazilgan barcha Osiyo Kubogi musobaqalarida ishtirok etgan. Uch marta chorak final va bir marta (2011 yilda) yarim finalga qadar yetib borgan. Endilikda Oʻzbekiston milliy terma jamoasi Osiyo Kubogi finaliga yoʻl olmoqchi.

MTJdagi debyut

Odil Hamrobekov 2017 yil milliy terma jamoa tarkibida BAAga qarshi oʻyinda debyut qilgan boʻlib, shu paytga qadar “Oq boʻrilar” tarkibida 9ta oʻyinda maydonga tushgan.

Yarim himoyachi shu yil yanvarda boʻlib oʻtgan U-23 Osiyo chempionatida musobaqaning eng yaxshi oʻyinchisi sifatida eʼtirof etilgandi.

Oʻyin uslubi

22 yoshli Odil Hamrobekov maydonni yaxshi koʻra oladi, raqiblari oʻyinini aʼlo darajada oʻqiydi. U yarim himoya, tayanch yarim himoya va himoya chizigʻida oʻynay oladi.

Ishonchli tarzda himoyalana olish uning yagona yutugʻi emas. Hamrobekov hujumlarga ham faol qoʻshiladi, oʻyin tempini nazorat qilishi mumkin. Kerak paytlarda sovuqqonlik bilan harakat qila oladi.

Odil Hamrobekov

Fuqaroligi: Oʻzbekiston
Tugʻilgan sanasi: 13.02.1996
Pozitsiya: Yarim himoyachi
Hozirgi klubi: “Nasaf” (Oʻzbekiston)
Avvalgi klubi: Yoʻq

Oʻzbekiston milliy terma jamoasining Osiyo Kubogidagi oʻyinlari taqvimi:

Oʻzbekiston - Ummon
“Sharja” stadioni, Sharja
Oʻyin sanasi: 9 yanvar, 18:30

Oʻzbekiston - Turkmaniston
“Ar-Rashid” stadioni, Dubay
Oʻyin sanasi: 13 yanvar, 21:00

Oʻzbekiston - Yaponiya
“Shayx Xalifa” stadioni, Al-Ayn
Oʻyin sanasi: 17 yanvar, 18:30

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » OFK: Odil Hamrobekov – eʼtiborga arzigulik futbolchi