17:17 / 18.12.2018
3 697

Joze Mourino iste’foga chiqarildi

Joze Mourino iste’foga chiqarildi
«Manchester Yunayted» jamoasi bosh murabbiyi Joze Mourino lavozimini tark etdi. Bu haqda klub saytida rasman ma’lum qilingan.

«Klub Jozega «Manchester Yunayted»dagi faoliyati uchun minnatdorchilik bildiradi va unga kelajakda muvaffaqiyatlar tilaydi. Tez orada jamoani mavsum oxiriga qadar boshqarib turadigan yangi murabbiy nomi ma’lum qilinadi. Klub yangi bosh murabbiy izlashni boshlagan», — deyiladi «Yunayted» matbuot xizmati xabarida.

Portugaliyalik mutaxassis uchun «qizil iblislar» boshqaruvidagi oxirgi o‘yin APLning 17-turi doirasida «Liverpul»ga qarshi kechgan va 1:3 hisobidagi mag‘lubiyat bilan yakunlangan o‘yin bo‘lib qoldi.

«MYu» joriy mavsumda APLning 17 turidan keyin peshqadam «Liverpul»dan 19 ochko ortda qolgan holda 26 ochko bilan oltinchi o‘rinda joylashgan. «Manchester Yunayted» o‘tgan hafta ketma-ket mag‘lubiyatga uchradi. Dekabr oyidagi 5ta o‘yinda faqat bir marotaba g‘alaba qozonib, ikkitadan mag‘lubiyat va durang qayd etdi.

Mourino «MYu»ga 2016 yilning mayida bosh murabbiy etib tayinlangandi. U 2016/17 yilgi mavsumda jamoa bilan Angliya Ligasi kubogida, Yevropa Ligasida va Angliya Superkubogida zafar quchdi.

Angliya chempionatida esa Mourino boshqaruvidagi «Manchester Yunayted» birinchi mavsumda oltinchi o‘rinni egalladi, 2017/18 yilgi mavsumda ikkinchi bo‘ldi.

Bundan avvalroq Mirror nashri «MYu» portugaliyalik mutaxassisni iste’foga chiqarsa, kompensatsiya miqdori 27 mln yevroni tashkil etishi to‘g‘risida xabar tarqatgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Joze Mourino iste’foga chiqarildi