
«Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola hamkasbi Joze Mourinoning «MYu»dan iste’foga chiqarilganiga munosabat bildirdi.
«Shunday hollarda men murabbiylar uchun qayg‘uga cho‘maman. Vaziyat izdan chiqqanida biz bir o‘zimiz qolamiz. Men ularning barchasiga dildan yaqinman. Futbolda shunday, natijalar yaxshi bo‘lmas ekan, seni ishdan bo‘shatishadi.
Albatta, u – kuchli inson, mening hamdardligimga muhtoj emas. Unga barcha yaxshi tilaklarni tilab qolaman. U tez orada qaytadi va biz o‘zaro yana to‘qnash kelamiz», – degan murabbiydan iqtibos keltirdi FourFourTwo.
Eslatib o‘tamiz, noyabr oyida bo‘lib o‘tgan Manchester derbisida «shaharliklar» 3:1 hisobida g‘alaba qozongan edi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar