
BAAdagi Osiyo Kubogida O‘zbekiston "F" guruhida ishtirok etadi.
Ko‘pchilik terma jamoamiz guruhdan chiqsa qaysi guruhdagi qaysi o‘rinni olgan jamoaga qarshi o‘ynashi haqida savol bermoqda. Quyidagi ma’lumotlarda barchasi aniq qilib yozilgan:
"F" guruhida birinchi o‘rinni olgan jamoa "E" guruhida ikkinchi o‘rin olgan jamoa bilan o‘ynaydi.
"E" guruhi
Saudiya Arabistoni
Qatar
Livan
KXDR
Bizning taxmin: Guruhda ikkinchi o‘rin - Qatar
Bizning guruhda ikkinchi bo‘lgan jamoa "B" kvartetida ikkinchi o‘rinni olgan jamoaga qarshi to‘qnash keladi.
"B" guruhi
Avstraliya
Suriya
Falastin
Iordaniya
Bizning taxmin: Guruhda ikkinchi o‘rin - Suriya
Xabaringiz bor, bu Osiyo Kubogida tarixda ilk bor 24 ta jamoa ishtirok etadi. Shu bois 6ta guruhning 4 tasida uchinchi o‘rinni olgan jamoalar ham 1/8 finalga chiqish huquqiga ega bo‘ladi.
Agar "F" guruhida uchinchi bo‘lgan jamoa keyingi bosqichga chiqsa yoki "D" yoki "C" guruhi g‘olibiga qarshi o‘ynaydi.
"D" guruhi
Eron
Iroq
Vetnam
Yaman
"C" guruhi
Janubiy Koreya
Xitoy
Qirg‘iziston
Filippin
Bizning taxmin: Guruhda birinchi o‘rinlar - Eron va Janubiy Koreya
Manba: championat.asia “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar