
"Milan" bosh murabbiyi Jennaro Gattuzo A Seriyada "Fiorentina"dan uchralgan mag‘lubiyatdan keyingi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Hozir biz juda qiyin davrni o‘tkazyapmiz. Jarohatlar tufayli og‘ir holatdamiz. Bunday natijalar bilan tinchlanib bo‘lmaydi. Biz hech nimani o‘zgartirmaymiz. Biz xotirjam bo‘lmaymiz endi. Ammo mag‘lubiyat sababchilarini qidirib o‘tirmaymiz.
Jamoa qo‘lidan kelgan barcha ishni qildi. Biz g‘alaba qozonishga harakat qildik. Biroq "Fiorentina"ning bosimi tufayli sxemamiz biroz kuchsizlandi.
So‘nggi natijalar bizning foydamizga emas. Turnir jadvalida ko‘tarilmayapmiz. Stolni sindirishim yoki alam-la devorni urishim "Milan"ga yordam bermaydi", - dedi Gattuzo.
MilanGattuzoA SeriyaFiorentinaMag‘lubiyatJarohatlarJamoaG‘alabaTurnir Jadvali O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar