12:40 / 24.12.2018
3 646

Sulsher: "O‘yindan avval Runi menga qo‘ng‘iroq qilib maslahat berdi, g‘alabamiz u tufayli"

Sulsher: "O‘yindan avval Runi menga qo‘ng‘iroq qilib maslahat berdi, g‘alabamiz u tufayli"
«Manchester Yunayted» klubi bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher Angliya chempionati 18-turi doirasida «Kardiff»ga qarshi kechgan o‘yindan (5:1) so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Futbol – bu oson, qachonki senda yaxshi futbolchilar bo‘lsa. Bizda ajoyib futbolchilar bor, ularning saviyasiga shubha qilib bo‘lmaydi. Men chorshanba kuni keldim, bizda birga mashg‘ulot o‘tkazish uchun bor-yo‘g‘i payshanba va juma kunlari bor edi.

Ueyn Runi men bilan aloqaga chiqdi va bir qator maslahatlar berdi, shunday ekan bularning barchasi u tufayli. U yigitlarga futbol o‘ynash, undan rohat olish va «Manchester Yunayted» ekanliklarini his qilishga imkon berishimni so‘radi», – deydi Sulsher.

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Sulsher: "O‘yindan avval Runi menga qo‘ng‘iroq qilib maslahat berdi, g‘alabamiz u tufayli"