Bugun “Metallurg” futbol klubi rahbariyati yana ikki nafar tajribali futbolchilar bilan ham dastlabki kelishuvga erishdilar.
Bular “Paxtakor” jamoasi sharafini uzoq yillar himoya qilgan mahoratli himoyachi Kamoliddin Tojiyev hamda “Qizilqum”, “Olmaliq”, “Lokomotiv” jamoalaridagi o‘yinlari bilan tanilgan, so‘nggi yillarni “Buxoro” jamoasida o‘tkazgan Shavkat Mullajonovlardir. Bu haqda "Metallurg" matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ayni paytda yangi mavsum tadorigini ko‘rayotgan “Metallurg” tarkibida 35 nafar futbolchi qatnashmoqda. Eslatib o‘tamiz, bekobodliklar mashg‘ulotlarini Qibraydagi o‘quv-mashg‘ulot maskanida olib borishayapti. Dastlabki yig‘in 29 dekbar kuni poyoniga yetadi. Ikkinchi yig‘in ham Qibrayda 2019 yilning 5-25 yanvar sanalari oralig‘ida bo‘lib o‘tadi. Shundan so‘ng “Metallurg” xorij yig‘iniga otlanadi. Rejaga binoan uchinchi yig‘in 27 yanvardan 11 fevralga qadar Turkiyaning Antaliya shahrida bo‘lib o‘tishi ko‘zda tutilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erkin Komilov Sherali Jo‘rayev bilan o‘tgan yoshligi va Zulxumor Qodirova haqida nimalarni gapirdi?
“Zenit” futbolchisi Fayzullayev haqida nimalar dedi?
5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari
OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni
Ukraina bosh vaziri: “Rossiya urush davomida Ukrainada 250 mingdan ortiq turar joy binosini vayron qildi”
AQSH sun’iy intellektga yadro quroli ustidan nazoratni bermaslikka chaqirdi
Aleksandr Stoymirovich: "Tarkibimizda yo‘qotishlar bor"
Bayden: “AQSH butun dunyoda matbuot erkinligi bo‘g‘ilishiga javoban sanksiyalar joriy qilmoqchi”