4 338
Sensatsiya!!! O‘zbekistonlik 16 yoshli shaxmatchi amaldagi jahon chempionini mag‘lub etdi (video)
Rossiyaning Sankt-Peterberg shahrida o‘tkazilayotgan shaxmatning blits va rapid yo‘nalishlari bo‘yicha jahon chempionatida sensatsiya yuz berdi. Rapid yo‘nalishidagi bahslarning ikkinchi raundida o‘zbekistonlik 16 yoshli shaxmatchi Shamsiddin Vohidov norvegiyalik grossmeyter, amaldagi jahon chempioni Magnus Karlsen ustidan g‘alabaga erishdi.
Turnirga birinchi raqam ostida saralangan Karlsen turnirga 188-raqamda saralangan yosh raqibi bilan bahsda 22-yurishda qo‘pol xatoga yo‘l qo‘ydi.
U bu vaziyatda figuralaridan birini berishga majbur edi va u farzinini qurbon qildi. Shamsiddin esa o‘z ustunligidan unumli foydalandi va raqibni 36-yurishda taslim bo‘lishga majbur qildi.
Bu amaldagi chempionning ketma-ket ikkinchi mag‘lubiyati bo‘ldi. Birinchi raundda u ukrainalik Adam Tuxayevga yutqazib qo‘ygan, Shamsiddin Vohidov esa rossiyalik Stanislav Novikov bilan durang qayd etgandi. Uning keyingi raunddagi raqibi rossiyalik Aleksey Dreyev bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, Shamsiddin Vohidov shu yilning 24 noyabr - 3 dekabr kunlari Turkiyaning Konya shahrida o‘tkazilgan 16 yoshgacha o‘smirlar o‘rtasida Butunjahon shaxmat olimpiadasida jamoadoshlari Nodirbek Abdusattorov, Nodirbek Yoqubboyev, Javohir Sindorov va Sitora Saparova bilan birgalikda birinchi o‘rinni egallagandi.
Bu natija evaziga yosh shaxmatchilar O‘zbekiston hukumati tomonidan «Spark» avtomobillari bilan taqdirlandi.
[media=https://www.youtube.com/embed/gKS8B11-C4A] “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Yangihayot tumani sudyasi pora bilan qo‘lga tushgani rad etildi
“Zenit” futbolchisi Fayzullayev haqida nimalar dedi?
Filippinda qurib qolgan suv to‘g‘oni ostida 300 yillik shahar qoldiqlari topildi
O‘zbekiston Bibixonim masjidini rekonstruksiya qilayotgan Qatarga minnatdorlik bildirdi
Toshkent viloyatida 17 ta noqonuniy mayner davlatga 16 milliard so‘m zarar yetkazdi
Xalqaro sud: Germaniya Isroilga harbiy yordamni to‘xtatishga majbur emas