Akramjon Komilov yangi mavsumni "Paxtakor"da boshlaydigan bo‘ldi

Akramjon Komilov yangi mavsumni "Paxtakor"da boshlaydigan bo‘ldi
"Bunyodkor" klubi himoyachisi Akramjon Komilov faoliyatini boshqa jamoada davom ettiradigan bo‘ldi.

SPORTS.uz saytiga ma’lum bo‘lishicha, futbolchi "Paxtakor" klubi bilan shartnoma imzolagan. Ayni paytda Akramjon Komilov jamoa bilan mashg‘ulotlarda qatnashmoqda. Endi futbolchi yangi mavsumni "sherlar" safida boshlaydi.

Hozircha tomonlar necha yillik shartnoma imzolashgani borasida ma’lumotlar yo‘q. Lekin tez orada "Paxtakor" ketma-ket transferlarni e’lon qilishi kutilmoqda.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar