18:06 / 29.12.2018
2 861

“Yilning eng istiqbolli bokschisi” unvoni Teofimo Lopesga nasib qildi

“Yilning eng istiqbolli bokschisi” unvoni Teofimo Lopesga nasib qildi
Boksga ixtisoslashgan "The Ring" jurnali 29 dekabr kuni “Yilning eng istiqbolli bokschisi” nomini e’lon qildi. Mazkur nominatsiyada amerikalik Teofimo Lopes g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Mazkur nominatsiyada o‘zbekistonlik super yarim yengil (-55,34 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan Murodjon Ahmadaliyev ham da’vogarlar qatoriga kiritilgan edi. Ammo yakunda Lopes 2018 yilning eng umidli bokschisi unvoniga munosib ko‘rildi.

Ahmadaliyev va Lopesdan tashqari “Yilning eng istiqbolli bokschisi” bo‘lish uchun yarim og‘ir vazn toifasi vakili Joshua Buatsi, yarim o‘rta vazn toifasi vakili Jeron Ennis va o‘ta og‘ir vazn toifasi vakili Filip Xrgovich ham da’vogarlik qilgandi.

Murodjon Ahmadaliyev so‘nggi marta 24 noyabr kuni amerikalik Ayzek Saratega qarshi jang o‘tkazib, 9-raundda texnik nokaut evaziga g‘alaba qozongan va o‘zining WBA InterSontinental kamarini himoya qilgandi. Noyabr oyi yakunlariga ko‘ra, u super yarim yengil vazn toifasining WBA reytingida birinchi o‘ringa ko‘tarilib olgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Yilning eng istiqbolli bokschisi” unvoni Teofimo Lopesga nasib qildi