Kutilmagan sovg‘a: Dunyoning 2-raqamli tennischisi o‘zbekistonlik sportchini hayratda qoldirdi

Kutilmagan sovg‘a: Dunyoning 2-raqamli tennischisi o‘zbekistonlik sportchini hayratda qoldirdi
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Dunyoning 2-raqamli tennischisi Arina Sobolenko o‘zbekistonlik Kamilla Rahimovaga hashamatli Gucci sumkasini sovg‘a qildi.
  • Bu sovg‘a ijtimoiy tarmoqdagi hazil tariqasidagi muloqotdan boshlangan bo‘lib, Rahimova Sobolenkoning sumkasini maqtab, hazil bilan sovg‘a so‘ragan edi.
  • Sobolenko bu taklifni jiddiy qabul qilib, Rahimovaning kiyinish xonasiga bildirmasdan sumkani qoldirib ketgan.

Tennis yulduzlari o‘rtasidagi samimiy munosabat muxlislar e’tiborini tortdi. WTA reytingida dunyoning ikkinchi raqamli raketka ustasi bo‘lib turgan belaruslik Arina Sobolenko o‘zbekistonlik tennischi Kamilla Rahimovaga hashamatli Gucci sumkasini sovg‘a qildi.

Bu kutilmagan sovg‘a haqida Kamilla Rahimova nufuzli Uimbldon turniri kunlarida suratga olgan maxsus videovlogi orqali muxlislariga so‘zlab berdi.

Barchasi Instagramdagi hazildan boshlandi

Kamillaning aytishicha, bu sovg‘aning tarixi ijtimoiy tarmoqdagi kichik muloqotdan boshlangan:

  • Rahimova Sobolenkoning qisqa videolavhasiga (Stories) munosabat bildirib, uning sumkasi juda chiroyli ekanini yozgan.

  • O‘zaro suhbatda hamyurtimiz hazil tariqasida: «Qachondir menga ham shunaqasini sovg‘a qilasanmi?» deya so‘ragan.

Biroq belarus sportchisi bu hazilni e’tiborsiz qoldirmay, uni haqiqatga aylantirdi va qimmatbaho brend sumkasini Kamillaning kiyinish xonasidagi shkafiga bildirmasdan qo‘yib ketdi.

«Bu qiz juda ham saxovatli!» — Rahimovaning hayrati

Sovg‘ani ko‘rgan Rahimova quvonch va hayratini yashira olmadi:

«Bolalar, bir daqiqa qarab turing, Arina Sobolenko menga nima yuborganini ko‘ring! Bu qiz juda ham saxovatli, boshqa qanday ta’rif berishni ham bilmayman.

Qaranglar, nimaligini o‘zingiz ham ko‘rib turibsiz. Men shunchaki uning storisiga javob berib, sumkasi juda zo‘r ekanini yozgandim va “Qachondir sovg‘a qilasanmi?” deb hazillashgandim. Mana, natijasi!» — deya hikoya qildi Kamilla o‘z vlogida.

WTA reytingidagi holat

Videoda Rahimova do‘stona hissiyotlar og‘ushida Sobolenkoni «dunyoning birinchi raqamli raketkasi» deb atadi.

Aslida esa, hozirgi kunda WTA reytingi peshqadami Qozog‘iston sharafini himoya qilayotgan Yelena Ribakina hisoblanadi. Arina Sobolenko reytingda 2-o‘rinda borayotgan bo‘lsa, Kamilla Rahimova jahon tasnifining 76-pog‘onasidan joy olgan.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar