NYT: Rossiya Ukraina energetika tizimiga keng ko‘lamli hujumlar rejasini tuzgan bo‘lishi mumkin

NYT: Rossiya Ukraina energetika tizimiga keng ko‘lamli hujumlar rejasini tuzgan bo‘lishi mumkin
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • The New York Times nashri Ukraina rasmiylari qo'liga tushgan hujjatga asoslanib, Rossiya Ukraina energetika tizimini ishdan chiqarishga qaratilgan keng ko'lamli hujumlar rejasini ishlab chiqqan bo'lishi mumkinligini xabar qildi.
  • Hujjatda Ukraina energetika infratuzilmasiga raketa, boshqariladigan aviabombalar va dronlar bilan uch bosqichda zarba berish rejasi bayon etilgan bo'lib, asosiy maqsad Kiyev, Xarkov va Odessa kabi yirik shaharlarda elektr energiyasi va issiqlik ta’mi…

Rossiya Ukraina energetika tizimini ishdan chiqarishga qaratilgan keng ko‘lamli hujumlar rejasini ishlab chiqqan bo‘lishi mumkin. Bu haqda The New York Times nashri Ukraina rasmiylari qo‘liga kelib tushgan hujjatga tayanib xabar berdi. Biroq nashr hujjatning haqiqiyligini mustaqil ravishda tasdiqlay olmagan.

Ma’lum qilinishicha, Ukraina energetika vaziri Denis Shmigal sentyabr oyi oxirida hujjatni Yevropaning ikki siyosatchisiga ko‘rsatgan. Hujjatda Ukraina energetika infratuzilmasiga raketa, boshqariladigan aviabombalar va dronlar bilan uch bosqichda zarba berish rejasi bayon etilgan.

Birinchi bosqichda mamlakatning g‘arbiy chegaralari yaqinidagi elektr podstansiyalariga hujum qilish orqali Yevropadan elektr energiyasi import qilish imkoniyatini cheklash ko‘zda tutilgan. Ikkinchi bosqichda gidroelektr stansiyalari, uchinchi bosqichda esa Ukraina nazoratidagi uchta atom elektr stansiyasini elektr tarmog‘iga ulab turuvchi podstansiyalar nishonga olinishi aytilgan.

Hujjatdagi ma’lumotlarga ko‘ra, rejaning asosiy maqsadi Kiyev, Xarkov va Odessa kabi yirik shaharlarda elektr energiyasi va issiqlik ta’minotini 90 foizgacha qisqartirish, shuningdek, kanalizatsiya tizimlariga jiddiy zarar yetkazish orqali gumanitar inqiroz keltirib chiqarishdan iborat.

Nashr yozishicha, rejada Ukrainadagi qariyb 15 gigavatt elektr energiyasi ishlab chiqarish quvvatini ishdan chiqarish maqsad qilingan. Bu mamlakat 2026 yil yozining oxirida ega bo‘lgan ishlab chiqarish quvvatiga deyarli teng.

Ukraina rasmiylari energetika infratuzilmasiga hujumlar qish mavsumida elektr energiyasi, isitish va suv ta’minotida jiddiy muammolar keltirib chiqarishidan xavotir bildirmoqda. Biroq hujjatdagi reja amalga oshiriladimi yoki yo‘qmi, hozircha aniq emas.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar