
"Napoli" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti A Seriya 19-turi doirasida "Bolonya" ustidan qozonilgan (3:2) g‘alabadan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Hozir mavsumning o‘zgacha qismi o‘tmoqda va shu bois so‘nggi kunlarda u qadar ajoyib o‘yin kuzatmadik. Biz o‘yinni nazorat qildik deb hisoblamayman. Chunki "Bolonya"ga ikki marta hisobni tenglashtirish imkoniyatini taqdim etib qo‘ydik. Raqib yaxshi o‘ynadi va bizni juda qiynadi. Xarakter namoyish etib uchrashuvni o‘z foydamizga hal qila oldik.
Biz to‘g‘ri yo‘nalishda harakatlanmoqdamiz va natijalarimiz ham yaxshi. Shunchaki bular "Yuventus"ning g‘aroyib natijalari oldida ko‘rinmay qolmoqda. Biz optimist bo‘lishimiz kerak. Zero 5-o‘ringa emas, yuqori o‘rindagi jamoaga yaqinmiz.
YeChLda qo‘limizdan kelganini qildik, biroq bu jamoa hali o‘zining bor imkoniyatlarini ishga solganicha yo‘q. Biz bundanda yaxshi o‘ynay olamiz", - dedi Anchelotti. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar