08:50 / 03.01.2019
2 598

«Manchester Yunayted» safarda «Nyukasl»ni mag‘lub etdi

«Manchester Yunayted» safarda «Nyukasl»ni mag‘lub etdi
Angliya chempionatining 21-turidan o‘rin olgan «Nyukasl» – «Manchester Yunayted» uchrashuvi o‘z nihoyasiga yetdi. Sent-Jeyms Park»da kechgan bahsda mehmonlarning qo‘li baland keldi.

Uchrashuvning 64-daqiqasida mankunianlar standart vaziyatni golga aylantirishdi, Markus Reshfordning jarimadan bergan zarbasini darvozabon qo‘lidan chiqarib yubordi va Romelu Lukaku uni bo‘sh darvozaga joylab hisobni ochdi.

80-daqiqada Reshford o‘zi boshlagan qarshi hujumni muvaffaqiyatli yakunlab hisobni oshirdi va jamoasining g‘alabasini ta’minladi. Shu tariqa, «Manchester Yunayted» Sulsher boshchiligidagi ketma-ket to‘rtinchi g‘alabasini qo‘lga kiritgan holda, ochkolarini 38taga yetkazib oldi.

Parallel kechgan bahsda «Bornmut» gollarga boy bo‘lgan o‘yinda «Uotford» bilan durang qayd etdi.
APL, 21-tur
Nyukasl – Manchester Yunayted 0:2 (0:0, 0:2)
Gollar:
0:1 – 64 Lukaku, 0:2 – 80 Reshford.

Nyukasl – Dubravka, Lassels, Dammett, Yedlin, Sher (Muto, 81), Atsu, Ritchi, Xeyden, Diame (Shelvi, 53), Peres (Kenedi, 69), Rondon.
Manchester Yunayted – De Xea, Lindelef, Shou, Valensiya, Djons, Errera, Matich, Pogba, Mata (Sanches, 63), Marsyal (Lukaku, 63), Reshford (Lingard, 87).
Ogohlantirishlar: Lassels (28), Lindelef (46), Shou (75).

Bornmut – Uotford 3:3 (3:3, 0:0)
Gollar:
0:1 – 14 Dini, 0:2 – 27 Dini, 1:2 – 34 Ake, 2:2 – 37 Uilson, 2:3 – 38 Sema, 3:3 – 40 Freyzer.

Bornmut – Begovich, Ake, Deniels, Kuk, Lerma, Gosling, Stanislas, Bruks, Freyzer (Musse, 82), King, Uilson (Ayb, 81).
Uotford – Foster, Xolebas, Ketkart, Mariappa, Femeniya, Sema (Xyuz, 71), Pereyra, Dukure (Kleverli, 56), Kapu, Deulofeu (Saksess, 90), Dini.
Ogohlantirishlar: Dukure (29), Dini (33), Kapu (50), Gosling (60), Xolebas (89).

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Manchester Yunayted» safarda «Nyukasl»ni mag‘lub etdi