22:46 / 03.01.2019
2 924

Gvardiola: “29 yil sovrinsiz yurish oson emas”

Gvardiola: “29 yil sovrinsiz yurish oson emas”
“Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola joriy mavsumda APLda chempionlik poygasi haqida gapirdi.
“Menimcha o‘tgan yili bizda g‘alabaga, g‘oliblikka bo‘lgan tashnalik kuchliroq edi. Sababi tarkibimizda to‘p tepayotgan futbolchilarning 80 foizi o‘z hayotida hali hech qanday sovringa ega chiqmagandi. Shu sabab ayni paytda “Liverul” futbolchilari o‘zlarini qanday his qilayotganini sezish qiyin emas. 29 yil bosh sovrinni qo‘lga kiritolmay, ayni paytda peshqadamlik qilib, katta g‘alabaga erishish - men bu holatni tushunaman. Ammo bunday holatda tashabbusni oxirigacha o‘zingda saqlab qolish osonmas, men bu haqda futbolchilarga gapirib bo‘ldim. Aynan shuning uchun ushbu mavsumda bizda mavsum oxirigacha katta bosim bo‘ladi”, deya Gvardiolaning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda The Telegraph nashri.

“Manchester Siti” – “Liverpul” uchrashuvi bugun tunda soat 01:00 da “Etttihad Stadium”da boshlanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Gvardiola: “29 yil sovrinsiz yurish oson emas”