21:45 / 04.01.2019
3 181

“Paxtakor” Superliganing eng yaxshi assistentiga qiziqmoqda

“Paxtakor” Superliganing eng yaxshi assistentiga qiziqmoqda
Toshkentning “Paxtakor” klubi oʻz tarkibini Superliganing eng yaxshi assistenti boʻlgan Sardor Sobirxoʻjayev bilan boyitib olmoqchi.

“Bunyodkor” yarim himoyachisi Sardor Sobirxoʻjayev “qaldirgʻochlar” tarkibini tark etishga yaqin turibdi. Futbolchiga koʻplab jamoalardan qiziqish mavjud. Oʻtgan mavsumda 12 ta golli uzatma bilan Superliganing eng yaxshi assistentiga aylangan Sardor Sobirxoʻjayev yangi mavsumni “Paxtakor” libosida boshlashga yaqin turibdi. Ayni paytda tomonlar muzokaralarni boshlashgan.

Manba: championat.asia

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Paxtakor” Superliganing eng yaxshi assistentiga qiziqmoqda