01:00 / 06.01.2019
3 447

Otabek Shukurov: "Bizga bildirilayotgan ishonchni oqlashga harakat qilamiz"

Otabek Shukurov: "Bizga bildirilayotgan ishonchni oqlashga harakat qilamiz"
O‘zbekiston MTJ yarim himoyachisi Otabek Shukurov o‘zi to‘p suradigan Sharja shahridagi ilk mashg‘ulotlardan keyin O‘FA Matbuot xizmatiga o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Osiyo Kubogiga tayyorgarlik a’lo darajada. Barchamiz Ummonga qarshi o‘yinga jiddiy tayyorlanyapmiz. Birinchi o‘yinni yaxshi natija bilan boshlab olish muhim. Keyingi o‘yinlarda shunga qarab qadam tashlanadi. Barcha futbolchi va murabbiylar buni juda yaxshi his qilib turishibdi. Ummonga qarshi chiroyli o‘yin namoyish qilib, g‘alaba qozonishga va yurtimizdagi millionlab futbol muxlislarini xursand qilishga tayyormiz!

Sharja shahri menga begona emas. Bir yildan oshiqroq vaqt davomida bu yerda to‘p surmoqdaman. Birinchi navbatda bu shaharning iqlimiga moslashib olganman. Shu sababli Sharjadagi o‘yin men uchun alohida ahamiyat kasb etadi. Osiyo Kubogi juda nufuzli musobaqa. Mazkur musobaqada bizga bildirilayotgan ishonchni oqlashga harakat qilamiz", - deydi Otabek Shukurov.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Otabek Shukurov: "Bizga bildirilayotgan ishonchni oqlashga harakat qilamiz"