22:25 / 09.01.2019
3 631

Ektor Kuper: “Osiyo Kubogini gʻalaba bilan boshlaganimizdan xursandman”

Ektor Kuper: “Osiyo Kubogini gʻalaba bilan boshlaganimizdan xursandman”
Osiyo Kubogini Ummonga qarshi qiyin kechgan uchrashuvdagi gʻalaba (2:1) bilan boshlagan Oʻzbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Ektor Kuper oʻyindan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida jurnalistlar savollariga javob qaytardi.

“Ummon bilan oʻyinning qiyin oʻtishini kutgandik. Toʻpga egalik qilish jihatdan kuchli jamoa ekanini koʻrsatdi. Biz ikkita ikki xil boʻlimlarga guvoh boʻldik. Ikkinchi taymda, afsuski, Ummon oʻyinni koʻproq nazorat qilishiga qoʻyib berdik. Shunga qaramay, har ikkala jamoa ham yetarlicha vaziyatlarga ega boʻldi”, – dedi Ektor Kuper anjumanning kirish qismida.

– Jamoa ikkinchi boʻlimda sizning koʻrsatmangiz bilan himoyaviy futbol koʻrsata boshladimi?
– Ikkinchi boʻlimda himoyaviy oʻyin koʻrsatish borasida koʻrsatma berganim yoʻq. Tanaffusda futbolchilarga koʻproq toʻpga egalik qilishni aytgandim, ammo afsuski Ummon juda yaxshi pressing qoʻllay oldi. Himoyaviy futbol koʻrsatish boʻyicha topshiriq bermadim.

– Musobaqa endigina boshlandi, ammo futbolchilarda hozirdanoq charchoq alomatlari koʻzga tashlana boshlagandek koʻrinmoqda.
– Futbolchilar tetik, charchashgani yoʻq. Ikkinchi boʻlimdagi oʻyinning bunday kechishi sababli ular biroz asabiy toʻp surishgani uchun ham shunday koʻrinishdi.

– Hisob 1:1 koʻrinishiga kelganda gʻalaba qozona olishingizga qanchalik ishonayotgan edingiz?
– Durang hisob boʻlayotganda ham gʻalaba qozonishimizga ishonchim bor edi. Bunday qiyin oʻyinda gʻalabaga erisha olganimizdan xursandmiz.

– Pozitsion hujumlar juda kam; birinchi gol standart vaziyatdan, ikkinchisi esa zahiradan tushgan Shomurodovning individual mahorati evaziga urildi. Asosiy tarkibda oʻynagan Bikmayev va Siddiqovning oʻyini haqida nima deya olasiz?
– Men muayyan oʻyinchilarning yakka oʻzini olgan holda muhokama qilmayman. Futbolchilarning oʻzlari bilan gaplashib olishimiz kerak boʻlgan mavzular yetarlicha. Gap faqat bir yoki ikki oʻyinchida emas.

Oʻzbekiston terma jamoasi keyingi uchrashuvini Dubay shahrida Turkmaniston termasiga qarshi oʻtkazadi. Uchrashuv 13 yanvar, yakshanba kuni Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da boshlanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ektor Kuper: “Osiyo Kubogini gʻalaba bilan boshlaganimizdan xursandman”