23:45 / 13.01.2019
2 691

«Manchester Yunayted» «Tottenxem»ni taslim etib, ketma-ket 6-g‘alabasiga erishdi

«Manchester Yunayted» «Tottenxem»ni taslim etib, ketma-ket 6-g‘alabasiga erishdi
Angliya chempionatining 22-tur markaziy uchrashuvida «Tottenxem» klubi «Uembli»da «Manchester Yunayted» futbolchilarini qabul qildi. Unda 0:1 hisobi qayd etilib, mankunanliklarning g‘alabasi bilan yakunlandi.
Birinchi bo‘lim yakunlanishi arafsida Markos Reshford londonliklar darvozasini ishg‘ol qildi va jamoasiga uch ochko olib kelgan golga muallif bo‘ldi.

Shu tariqa, Ule-Gunnar Sulsher shogirdaoi APLdagi ketma-ket beshinchi g‘alabalarini nishonlashdi.
«Tottenxem» 48 ochko bilan Premer-liganing uchinchi pog‘onasida ketmoqda, «Manchester Yunayted» (41) bugungi g‘alabadan so‘ng 5-o‘rindagi «Arsenal»ga tenglashib oldi.

Angliya chempionati, 22-tur
Tottenxem – Manchester Yunayted 0:1 (0:1, 0:0)
Gol:
0:1 – 44 Reshford.
Tottenxem – Loris, Alderveyreld, Devis, Tripper, Vertongen, Sissoko (Lamela, 43), Uinks (Lorente, 81), Alli, Eriksen, Son Xыn Min, Keyn.
Manchester Yunayted – De Xea, Lindelef, Shou, Yang, Djons, Errera, Matich, Pogba (Maktomini, 90), Lingard (Diogu Dalot, 83), Marsyal (Lukaku, 73), Reshford.
Ogohlantirishlar: Alli (50), Errera (66), Pogba (78).«Tottenxem» - «Manchester Yunayted»: Tarkiblar!

Manba: www.uff.uz

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Sport » «Manchester Yunayted» «Tottenxem»ni taslim etib, ketma-ket 6-g‘alabasiga erishdi
[/banner_pushhouse