00:06 / 17.01.2019
3 399

Buni eshitish shart! Qirgʻiziston prezidenti va Krestinin oʻrtasidagi suhbat (audio)

Buni eshitish shart! Qirgʻiziston prezidenti va Krestinin oʻrtasidagi suhbat (audio)
Osiyo Kubogining “C” guruhida 3-turdan oʻrin olgan Qirgʻiziston - Filippin (3:1) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida Aleksandr Krestinin gʻalaba taassurotlari bilan oʻrtoqlashdi.

- Osiyo Kubogidagi ilk gʻalaba bilan butun Qirgʻiziston xalqini tabriklayman. Biz maydonda jangchilardek kurashdik. Oʻyinni esa sifatli oʻtkazishga erishdik. Men musobaqa oldidan ham aytganimdek, Qirgʻiziston terma jamoasi uchun uzoq yoʻl endi boshlanmoqda. Terma jamoa tarixida yangi sahifa ochilmoqda. Hali qilinadigan ishlar koʻp. Qirgʻiziston uchun ilk Osiyo Kubogda dastlabki golni kiritdik, ilk gʻalabani tantana qildik. Endi qolgan guruhlardagi oʻyinlarni kutib turamiz. Barcha narsa faqatgina bizga bogʻliq emas. Uchrashuv yakuniga yaqin keraksiz golni oʻtkazib yubordik. Umid qilamanki, ushbu gʻalaba bizga pley-off eshigini ochish uchun yetarli boʻladi.

- Gʻalaba qozonish doimo yoqimli. Agarda bu yutuq yaxshi raqib ustidan qoʻlga kiritilsa, unda bu gʻalaba taʼmi yanada shirinroq boʻladi. Muhimi, terma jamoamiz sifatli oʻyin koʻrsatmoqda. Bu faqat bugun emas, balki oʻtgan bahslarda ham ruy berdi. Xitoy va Janubiy Koreyaga qarshi oʻyinlarda ozgina omadimiz chopmagan boʻlsa, bugun natija borasida ham ishimiz yurishdi.

- Lyuksda musobaqa davomida ham koʻplab vaziyatlarga boʻlayotgandi. Faqatgina omad undan yuz oʻgirgandi. Bugun esa Lyuks talab etilganidek yuqori samarali futbol koʻrsatdi. Muhim gollarni kiritdi. Bu futbolchining yuksak xarakterga ega ekanligi ham unga koʻp joylarda yordam beradi. Agarda Lyuks boʻlmaganida hozir pley-off haqida oʻylamayotgan boʻlishimiz ham mumkin edi.

- Bu musobaqadagi uchinchi oʻyin ekanligini ham inobatga olmoq lozim. Bu yerda jismoniy tayyorgarlik ham muhim ahamiyatga ega. Bu esa jamoani ruhan qanchalik tetikligini belgilab beruvchi omillardan biri. Biz musobaqa oldidan oʻz rejalarimizni belgilab, aniqlab olgandik. Oʻylashimcha, bu reja toʻgʻri boʻlib chiqdi. Masalan Xitoyga qarshi oʻyinda ham raqib standart vaziyatlaridan foydalandi. Biz oʻyindan gol urgandik. Jamoam belgilangan vazifalarni toʻgʻri uddaladi.

- Biz istalgan jamoa bilan oxirigacha kurashamiz. Bu shunchaki balandparvoz gaplar emas. Pley-off bosqichida istalgan narsa ruy berishi mumkin. Bir oʻyinlik uchrashuvlarda har qanday jamoa istalgan raqibni magʻlubiyatga uchratishga qodir. Biz guruhda ham anoyi raqiblar bilan oʻynamadik. Shu boisdan ham agarda nimchorak finalda oʻynasak, unda bunday chorlovga Qirgʻiziston terma jamoasi tayyor deb bemalol aytaman. Gaplarim tasdigʻi sifatida oʻtgan uchrashuvlarda koʻrsatgan sifatli oʻyinimizni misol tariqasida ayta olaman. Lekin hozir kelajakka nazar solishga shoshilmasdan, qolgan guruhlardagi vaziyat qanday tugashini kutganimiz maʼqul.

- Vyetnam hamda Yaman oʻrtasidagi uchrashuvni koʻrmoqchiman. Lekin BAAda Osiyo Kubogini koʻrsatishmayaptiku? Shu boisdan ham uchrashuv natijasini internet orqali diqqat bilan kuzataman.

- Qirgʻiziston Respublikasi prezidenti yana qoʻngʻiroq qildimi? Oʻyin davomida va uchrashuvdan keyin telefonimni qoʻlimga olganim yoʻq. Hozir avtobusga chiqish oldidan telefonimni tekshirib, Sooronbay Jeenbekovdan yana qoʻngʻiroq boʻlganmi yoki yoʻq bilib olaman. Hozircha telefonimni qoʻlga olishga fursat tekkani yoʻq.

- Osiyo Kubogida gʻoliblikka asosiy daʼvogarlar? Oʻyin jihatidan tahlil qiladigan boʻlsam, Eron, Janubiy Koreya va Yaponiya. Bu shunchaki hozirgacha boʻlgan taassurotlar. Kim chempion boʻlishi haqida aniq bir narsa deyish mushkul.

- Qirgʻiziston terma jamoasi chempion boʻlsa? Toʻgʻri, futbolda har narsa ruy berishi mumkin. Keling, yaxshisi vaziyatga real qaraylik. Mabodo, agarda, chempion boʻlib qolsak, unda noodatiy ishga qoʻl urishga vaʼda beraman, - dedi Aleksandr Krestinin.

[media=https://www.youtube.com/embed/WLdYcTQ4xPc]

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Sport » Buni eshitish shart! Qirgʻiziston prezidenti va Krestinin oʻrtasidagi suhbat (audio)
[/banner_pushhouse