Xitoy terma jamoasi ustozi Marchello Lippi Tailandga qarshi bo‘lib o‘tgan Osiyo Kubogi nimchorak final uchrashuvidan (2:1) so‘ng uchrashuv haqida fikr bildirdi.
"Ba’zi xatolarga yo‘l qo‘ydik. Birinchi bo‘limda bunday kamchiliklar ko‘p bo‘ldi. Biroq ikkinchi bo‘limda 2ta gol urib, g‘alabani qo‘lga kiritdik. Shogirdlarim harakatlaridan mamnunman. Chunki ular uchrashuvning ikkinchi yarmini juda yaxshi o‘tkazishdi. Chorak finalga chiqqanimizdan xursandman.
Tanaffusda yigitlarga nima dedim? Kechirasiz, tanaffusda aytiladigan gaplar jamoaning ichki siri hisoblanadi. Taktika bo‘yicha o‘zgarishlar bo‘ldi. Ikkinchi bo‘limni 3 nafar himoyachi bilan boshladik. To‘p nazoratidagi ustunlik biz tomonda bo‘ldi. Yigitlar o‘z imkoniyat darajasida o‘ynashdi.
Bugun ikkita ikki xil taym guvohi bo‘ldik. Qaytaraman, taktikadagi o‘zgarish o‘yinimizni kuchaytirdi. Birinchi golni urish muhim edi. Buni uddaladik" - deydi Marchello Lippi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Yangihayot tumani sudyasi pora bilan qo‘lga tushgani rad etildi
“Zenit” futbolchisi Fayzullayev haqida nimalar dedi?
Filippinda qurib qolgan suv to‘g‘oni ostida 300 yillik shahar qoldiqlari topildi
O‘zbekiston Bibixonim masjidini rekonstruksiya qilayotgan Qatarga minnatdorlik bildirdi
Toshkent viloyatida 17 ta noqonuniy mayner davlatga 16 milliard so‘m zarar yetkazdi
Xalqaro sud: Germaniya Isroilga harbiy yordamni to‘xtatishga majbur emas