O‘zbekistonga qarshi o‘yin oldidan avstraliyalik murabbiy jazolandi

O‘zbekistonga qarshi o‘yin oldidan avstraliyalik murabbiy jazolandi
Avstraliya terma jamoasi darvozabonlar murabbiyi Yoxanc Segers Osiyo kubogi-2019 3-turi doirasida Suriyaga qarshi o‘yinda qilgan xatti-harakati uchun OFK tomonidan jazolandi.
Aniqrog‘i gollandiyalik mutaxassis Suriya terma jamoasi zahira o‘rindig‘i tomon haqoratli so‘zlar aytgani uchun hakam tomonidan chetlatilgan edi.

U O‘zbekistonga qarshi 1/8 final doirasida kechadigan o‘yinda zahira o‘rindig‘idan joy olmaydi. Bundan tashqari esa Cegers 10,000 AQSh dollari miqdorida jarima ham to‘lashiga to‘g‘ri keladi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar