
Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Sooranbay Jeenbekov mamlakat terma jamoasini Osiyo kubogida ko‘rsatgan ulkan natijasi, jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirishga qo‘shgan hissasi uchun Davlat mukofotlari bilan taqdirlash borasida farmoyish chiqardi.
Qirg‘iziston futbol federatsiyasi prezidenti Sultonov Semetey Alimboyevich "Dank" medali bilan, terma jamoa bosh murabbiyi Krestinin Aleksandr Sergeyevichga "Danaker" ordeni bilan, QRFF birinchi vitse-prezidenti Salimbekov Asqar Matqobilovich esa III darajali "Manas" ordeni bilan taqdirlandi.
Shuningdek, ko‘plab xodimlarga turli xildagi unvonlar, orden va medallar berilgan bo‘lsa, bir qator futbolchilarga esdalik soatlari taqdim etildi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar