Osiyo Kubogi-2019 chorak finali doirasidagi BAA - Avstraliya (1:0) uchrashuvidan so‘ng Grem Arnold o‘z fikrlarini bildirdi.
"Qiyin o‘yin bo‘ldi. Bitta qo‘pol xato tufayli gol o‘tkazib yubordik. Shunga qaramay shogirdlarim bilan faxrlansam arziydi. Bu musobaqaga olib kelgan jamoa safida ko‘plab yosh futbolchilar bor edi. Ular katta tajriba orttirishdi deb o‘ylayman.
Futbolchilarning o‘yiniga, harakatiga e’tirozim yo‘q. Lekin afsuski gol ura olmadik. Futbolda gol urilmasa barchasi bekor. Oxirgi ikki o‘yinda to‘p kirita olmadik. Demak, hujum chizig‘i ustida ko‘proq o‘ynashimiz kerak.
O‘zbekiston bilan bahsda 120 daqiqa o‘ynab gol ura olmagandik. Shu bois bugun o‘yinni ikki hujumchi bilan boshladik. Bundan tashqari zaxiradan ham faqat hujumkor futbolchilarni maydonga tushirdim.
Ushbu musobaqadan kelishdan oldin qaysi bosqichga chiqishni istagandik? Yana chempion bo‘lishni xohlagan edik. Afsuski chorak finalda to‘xtadik. Yana qaytarib aytaman futbolchilarim bilan faxrlanaman. O‘ylaymanki kelajakda bu jamoa bilan yaxshi natijalar qayd etamiz. O‘z ishimdan qoniqdim. Endi bor e’tiborimiz JCh-2022 saralash o‘yinlariga qaratiladi", - deydi Grem Arnold. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi