Ertaga Qatar va Yaponiya terma jamoalari o‘rtasida Osiyo Kubogi finali o‘tkaziladi.
O‘yindan oldin tashkil etilgan matbuot anjumanida yaponlar ustozi Xajime Moriyasu quyidagi fikrlarni bildirdi:
"Ertaga g‘alaba qozonishni va bosh sovrin bilan uyga qaytishni xohlaymiz. Agar yutsak, buni o‘zim alohida bayram qilmayman, balki butun jamoa bilan birgalikda nishonlaymiz. Faqat shuni aytishim mumkin, uchrashuv juda qiyin bo‘ladi. Bungacha oltita o‘yin o‘tkazdik va hech biri oson bo‘lmadi".
"Qatar - kuchli jamoa, ular hali gol o‘tkazgani yo‘q. Bu jamoa 16 ta gol urdi, bu esa raqibning hujumi kuchli ekanidan darak beradi. Bugun kechki payt raqibni oxirgi marta diqqat bilan o‘rganib chiqamiz. Biz finalga chiqib bo‘ldik, endi ortiqcha hayajonlarsiz o‘z o‘yinimizni ko‘rsatishimiz kerak. Hamjihatlikda harakat qilsak, kubok bizniki bo‘ladi". “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Sof quyma oltin sotayotgan shaxslar qo‘lga tushdi
Qozog‘istonda sobiq ichki ishlar vaziri qo‘lga olindi
Turk seriallari yulduzi Demet O‘zdemirning Istanbuldagi shinam villasiga sayohat
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi
O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi
Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi
Ko‘p kvartirali uylarda «kvartplata»ning eng kam miqdori tasdiqlandi