Eldor Shomurodov "Rubin"da Sardor Azmunning o‘rnini egallashi mumkin

Eldor Shomurodov "Rubin"da Sardor Azmunning o‘rnini egallashi mumkin
Xabaringiz bor “Rubin” forvardi Sardor Azmun “Zenit” bilan shartnoma imzoladi. Qozonliklar esa uning o‘rniga munosib nomzod qidirishni boshlab yuborishdi.

Berilgan ma’lumotlarga qaraganda “Rubin” rahbariyati bu borada “Yenisey” hujumchisi Mixail Kostyukov va “Rostov” hujumchisi Eldor Shomurodovga qiziqish bildira boshlashdi.

Ta’kidlash kerakki, hamyurtimiz joriy mavsum “Rostov” safida jami 17 ta o‘yinda ishtirok etib, raqiblari darvozasiga 2 ta gol urishga erishdi. Kostyukov esa “Yenisey” safida 8 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 3 ta gol yozdirib qo‘yishga erishdi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar