Kecha Portugaliya chempionatining 21-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Unda “Benfika” jamoasi o‘z maydonida “Nas’onal”ni qabul qildi. E’tiborli tomoni, uchrashuvda mehmon jamoa safida O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Sardor Rashidov debyut o‘yinini o‘tkazdi.
Afsuski, hamyurtimizning debyuti omadsiz ko‘rinish oldi. Benfika Funshal shahri jamoasini ayab o‘tirmadi, hisob: 10:0. Maydon egalari safida Seferovich va Jonaslar dubl qayd etgan bo‘lishsa. Aleks Grimaldo, Joao Felish, Pitssi, Fransishku Ferreyra, Ruben Dias va Rafa Silvalar bir martadan madeyraliklar darvozasini ishg‘ol qilishdi.
O‘zbekistonlik futbolchi o‘yinni to‘liq maydonda o‘tkazdi. Ushbu natijadan so‘ng “Nasonal” 20 ochko bilan turnir jadvalining 16-o‘rnida bormoqda.
Primeyra, 21-tur
«Benfika» – «Nasonal» 10:0 (3:0, 7:0)
Gollar: 1:0 – 1 Grimaldo, 2:0 – 21 Seferovich, 3:0 – 27 Seferovich, 4:0 – 50 Joau Felish, 5:0 – 54 Pitssi, 6:0 – 56 Fransishku Ferreyra, 7:0 – 64 Diash, 8:0 – 85 Jonas, 9:0 – 88 Rafa Silva, 10:0 – 90 Jonas.
Nasonal: Daniel, Rosich, Filipe Ferreyra, Kalindi, Julio Sezar, Rashidov, Alxassan, Kamashu, Marakish, Gonsalvesh, Palochevich.
Benfika: Vlaxodimos, Andre Almeyda, Grimaldo, Diash, Fransishku Ferreyra, Joau Felish, Pitssi, Samaris, Pires, Rafa Silva, Seferovich. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi