Ertaga, 23 fevral kuni «Paxtakor» stadionida O‘zbekiston chempioni «Lokomotiv» va kubok sohibi OKMK jamoalari mamlakat Superkubogi uchun maydonga chiqadi.
Bugun «Samarqand darvoza» savdo-ko‘ngilochar majmuasida o‘yin oldi matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Uning dastlabki qismida olmaliqliklar klubi bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov va jamoa a’zolari ishtirok etdi.
«OChL pley-offida safarda mag‘lubiyatga uchragan bo‘lsak-da, hayot davom etadi. Men yigitlarga ishonaman, ular ertangi o‘yinda bor kuchlari bilan harakat qilishadi. Albatta, o‘yin oson bo‘lmaydi. Lekin yigitlar bitta o‘yinga kuchlarini yig‘ib, bir jamoa bo‘lib o‘ynashadi va biz natijaga erishamiz, degan umiddaman.
«Lokomotiv»ning qaysi chizig‘i cho‘chityapti? Cho‘chiyotgan joyim yo‘q. «Lokomotiv» – kuchli jamoa, O‘zbekistonning oxirgi yillardagi chempioni. Tarkibida yaxshi futbolchilar yig‘ilgan. Yangi, malakali o‘yinchilarni ham taklif qilishdi. Har bir chiziqda kuchli o‘yinchilari bor. Ammo men baribir o‘z futbolchilarimga ishonaman», – degan Qosimov.
Superkubok uchun «Lokomotiv»-OKMK o‘yini ertaga, 23 fevral kuni «Paxtakor» markaziy stadionida soat 16:00da start oladi.
“Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi
NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik”
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin
Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi
Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi
U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin