18:06 / 02.03.2019
3 775

Oʻzbekiston milliy terma jamoasi 22 mart kuni Urugvayga qarshi oʻynaydi

Oʻzbekiston milliy terma jamoasi 22 mart kuni Urugvayga qarshi oʻynaydi
Oʻzbekiston milliy terma jamoasi shu yilning mart oyida “China Cup” musobaqasida qatnashishi haqida maʼlumot berib oʻtgandik. Mazkur musobaqa 21-25 mart kunlari Xitoyning Guansi shahrida boʻlib oʻtadi. Ushbu xalqaro turnirda Urugvay, Xitoy, Tayland terma jamoalari ishtirok etadi. Turnir yarim final va finaldan iborat boʻladi.

Musobaqa tashkilotchilarining qaroriga koʻra, Oʻzbekiston yarim finalni 22 mart kuni Urugvay terma jamoasiga qarshi oʻtkazadigan boʻldi. Xitoy esa 21 mart kuni Tayland bilan kuch sinashadi. Yarim finalda gʻolib chiqqan jamoalar 25 mart kuni finalda oʻzaro toʻqnash kelishadi. Shuningdek, yarim finalda magʻlubiyatga uchragan jamoalar 25 mart kuni 3-oʻrin uchun bahsda maydonga tushishadi.

Maʼlumot uchun, “China Cup” musobaqasi ikki yildan beri oʻtkazib kelinmoqda. 2017 yil musobaqada Chili, Islandiya, Xorvatiya va Xitoy qatnashgan. Chili terma jamoasi gʻolib chiqqan.

Urugvay terma jamoasi bosh murabbiyi “China Cup-2019” musobaqasiga yoʻl oladigan tarkibni eʼlon qildi.

Darvozabonlar:
Fernando Muslera (“Galatasaroy”, Turkiya)
Martin Kampanya (“Independyente”, Urugvay)
Martin Silva (“Libertad”, Paragvay)

Himoyachilar:
Diyego Godin (“Atletiko”, Ispaniya)
Sebastyan Koates (“Sporting”, Portugaliya)
Xose Mariya Ximenes (“Atletiko”, Ispaniya)
Gaston Silva (“Independyente”, Urugvay)
Martin Kaseres (“Yuventus”, Italiya)
Matias Suares (“Defensor Sporting”, Urugvay)
Marselo Sarachchi (“Leypsig”, Germaniya)
Naytan Nandes (“Boka Xuniors”, Argentina)
Yarim himoyachi:
Jovanni Gonsales (“Penyarol”, Urugvay)
Diyego Laksalt (“Milan”, Italiya)
Lukas Torreyra (“Arsenal”, Angliya)
Matias Vesino (“Inter”, Italiya)
Rodrigo Bentankur (“Yuventus”, Italiya)
Karlos Sanches (“Santos”, Braziliya)
Nikolas Lodeyro (“Sietl Saunders”, AQSH)
Kamilo Mayada (“River Pleyt”, Argentina)
Federiko Valverde (“Real Madrid”, Ispaniya)
Jorjian De Arraskaeta (“Flamengo”, Braziliya)

Hujumchilar:
Gaston Pereyro (“PSV”, Gollandiya)
Jonatan Rodriges (“Santos Laguna”, Meksika)
Maksi Gomes (“Selta”, Ispaniya)
Kristian Stuani (“Jirona”, Ispaniya)
Edinson Kavani (“PSJ”, Fransiya)
Luis Suares (“Barselona”, Ispaniya)

Bosh murabbiy:
Oskar Tabares

“China Cup-2019” musobaqasi oldidan Toshkentda Oʻzbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Ektor Kuper bilan matbuot anjumani tashkil qilinadi. Mazkur matbuot anjumani davomida bosh murabbiy musobaqaga jalb qilingan futbolchilar roʻyxatini eʼlon qilishi rejalashtirilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Sport » Oʻzbekiston milliy terma jamoasi 22 mart kuni Urugvayga qarshi oʻynaydi
[/banner_pushhouse