Professional boksning ikkinchi yarim yengil (-55,34 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan oʻzbekistonlik Murodjon Ahmadaliyev (5-0, 4 KO) aprel oyida oʻzining navbatdagi jangini oʻtkazadi. Bu haqda sportchi GoSport.uz nashriga maʼlum qilgan.
Maʼlum boʻlishicha, Murodjon Ahmadaliyev 26 aprel kuni Kaliforniya shtatining Inglvud shahrida joylashgan mashhur kazino markazi Forum saroyida ringga koʻtariladi. Hozircha unga kim raqiblik qilishi maʼlum emas.
Boks kechasining markaziy jangida Murodjon Ahmadaliyev jang qiladigan vaznning WBA chempionlik kamari sohibi amerikalik Daniel Roman (26-2-1, 10 KO) va IBF kamari egasi avstraliyalik Terens Doeni (21-0, 15 KO) kamarlarni birlashtiruvchi jangi ham aynan oʻsha kuni, oʻsha saroyda boʻlib oʻtadi.
Mazkur jang gʻolibi 90 kun ichida aynan Murodjon Ahmadaliyevga qarshi majburiy jang oʻtkazishi lozim boʻladi. Shu tariqa, Ahmadaliyev yozda bir jang orqali WBA va IBF kamarlarini oʻziniki qilishi mumkin boʻladi.
Inglvudda boʻlib oʻtadigan mazkur boks oqshomida oʻzbekistonlik boshqa bir bokschi Shahram Gʻiyosov (7-0, 6 KO) ham ringga koʻtariladi.
Eslatib oʻtamiz, Murodjon Ahmadaliyev WBA Intercontinental chempionlik kamari sohibi sanaladi. U soʻnggi marta 2018 yil 24 noyabr kuni Ayzek Sarateni (16-4-3, 2KO) 9-raundda texnik nokaut evaziga magʻlubiyatga uchratgandi. Shu jangdan soʻng u reytingda birinchi oʻringa koʻtarilib olgan. Fevral oyidagi reytingda ham u birinchi oʻrinda koʻrsatilgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
Bekxem Ronalduni “Inter Mayami”ga olib kelish bo‘yicha ish boshladi
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi