09:11 / 07.03.2019
3 426

YECHL 1/8 final. “Portu” “Roma”ni taslim etdi va chorak finalga yoʻl oldi (video)

YECHL 1/8 final. “Portu” “Roma”ni taslim etdi va chorak finalga yoʻl oldi (video)
Yevropa Chempionlar ligasining 1/8 final javob bahsidan oʻrin olgan “Portu” – “Roma” uchrashuvi oʻz yakuniga yetdi. “Dragau” stadionida boʻlib oʻtgan bahsda mezbonlar gʻalabani qoʻlga kiritishdi.

Oʻyin murosasiz va keskin kurashlar bilan boshlandi. Ayniqsa mezbonlarning hujumlari juda xavfli tus oldi. Ketma-ket hujumlar 26-daqiqaga kelib oʻz samarasini berdi

37-daqiqada rimliklar muvozanatni tiklashdi, Daniyeli De Rossi penaltini aniq amalga oshirdi.
Ikkinchi boʻlim ham portugallaring faolligida boshlandi, 53-daqiqada Mussa Marega mezbonlarning ikkinchi golini urdi.
Qolgan daqiqalarda darvozalar dahlsiz qoldi. Ikki oʻyin natijasiga koʻra qoʻshimcha daqiqalar belgilandi.

Over taymlar ham juda qizgʻin kurashlarga boy boʻldi, soʻnggi boʻlimda Alessandro Florensi oʻz jarima maydoni ichida raqib futbolchisini qoʻpollik bilan toʻxtatib qoldi. Videotakrorlardan soʻng penalti belgilandi va uni Aleks Telles aniq bajarib, mezbonlarni keyingi bosqichga olib chiqdi.

Shu tariqa, “Portu” chorak finalga yoʻl oldi, “Roma” esa oʻz yurishini toʻxtatdi.

Chempionlar ligasi
1/8 final, javob bahsi
Portu Portugaliya – Roma Italiya 3:1 (1:1, 1:0, 0:0, 1:0)
Gollar:
1:0 – 26 Soares, 1:1 – 37, penalti de Rossi, 2:1 – 52 Marega, 3:1 – 117, penalti Telles.
Portu – Kasilyas, Felipe, Telles, Eder Militao (Maksi Pereyra, 103), Pepe, Otavio (Ernani, 94), Errera, Korona (Braimi, 69), Danilu Pereyra, Marega, Soares (Fernando, 78).
Roma – Olsen, Manolas, Jezus, Kolarov, Markano (Kristante, 76), Dzanolo, Nzonzi, Perotti, de Rossi (Pellegrini, 45; Shik, 96), Karsdorp (Florensi, 55), Jeko.
Ogohlantirishlar: Dzanolo (15), Errera (18), Danilu Pereyra (45), Karsdorp (55), Pepe (58), Jeko (58), Pellegrini (81), Florensi (116).
Ilk oʻyin – 1:2

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » YECHL 1/8 final. “Portu” “Roma”ni taslim etdi va chorak finalga yoʻl oldi (video)