18:28 / 07.03.2019
3 662

PFL Oʻzbekiston Superligasida 2-oʻrinni olgan “Paxtakor”ga 1 mlrd soʻm mukofot pulini oʻtkazib berdi

PFL Oʻzbekiston Superligasida 2-oʻrinni olgan “Paxtakor”ga 1 mlrd soʻm mukofot pulini oʻtkazib berdi
Professional futbol ligasi Oʻzbekiston Superligasida 2-oʻrinni olgan “Paxtakor”ga 1 mlrd soʻm mukofot pulini oʻtkazib berdi. Bu haqda tashkilot rasmiy saytida xabar berildi.

2018 yilgi mavsum avvalida Professional futbol ligasi sovrinli oʻrinlarni egallagan futbol klublariga maʼlum miqdorda mukofot pullari vaʼda qilgan edi.

Toshkentning “Paxtakor” futbol klubi Oʻzbekiston Superligasi 2018 yilgi mavsumi yakunlariga koʻra 2-oʻrinni egalladi. Qolaversa, klubning futzal jamoasi mamlakat chempionatida kumush medallarga ega chiqdi.

Bungacha Professional futbol ligasi klublar boʻynidagi qarzdorlik masalalari hal boʻlishiga qarab, ragʻbatlantiruvchi mukofot pullarini oʻtkazib borishni rejalashtirgan.

Maʼlum boʻlishicha, “Paxtakor” klubi mavjud qarzdorliklarini toʻliq bartaraf etgan. Qolaversa, akademiya va maydon boʻyicha talablar bajarilgan.

Shu boisdan “Paxtakor” klubi birinchilardan boʻlib mukofot pullarini qabul qilib oldi. Klub hisobiga Superligada 2-oʻrinni egallagani uchun 800 million soʻm, shuningdek, futzal jamoasi mamlakat chempionatida 2-oʻrinni qoʻlga kiritgani uchun 200 million soʻm oʻtkazib berildi.

Tashkilot xabarida aytilishicha, Oʻzbekiston Professional futbol ligasi qolgan barcha klublarga ham vaʼda qilingan mukofot pullarini bosqichma-bosqich oʻtkazib berish boʻyicha muzokaralar olib bormoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » PFL Oʻzbekiston Superligasida 2-oʻrinni olgan “Paxtakor”ga 1 mlrd soʻm mukofot pulini oʻtkazib berdi