3 681
PFL Oʻzbekiston Superligasida 2-oʻrinni olgan “Paxtakor”ga 1 mlrd soʻm mukofot pulini oʻtkazib berdi
Professional futbol ligasi Oʻzbekiston Superligasida 2-oʻrinni olgan “Paxtakor”ga 1 mlrd soʻm mukofot pulini oʻtkazib berdi. Bu haqda tashkilot rasmiy saytida xabar berildi.
2018 yilgi mavsum avvalida Professional futbol ligasi sovrinli oʻrinlarni egallagan futbol klublariga maʼlum miqdorda mukofot pullari vaʼda qilgan edi.
Toshkentning “Paxtakor” futbol klubi Oʻzbekiston Superligasi 2018 yilgi mavsumi yakunlariga koʻra 2-oʻrinni egalladi. Qolaversa, klubning futzal jamoasi mamlakat chempionatida kumush medallarga ega chiqdi.
Bungacha Professional futbol ligasi klublar boʻynidagi qarzdorlik masalalari hal boʻlishiga qarab, ragʻbatlantiruvchi mukofot pullarini oʻtkazib borishni rejalashtirgan.
Maʼlum boʻlishicha, “Paxtakor” klubi mavjud qarzdorliklarini toʻliq bartaraf etgan. Qolaversa, akademiya va maydon boʻyicha talablar bajarilgan.
Shu boisdan “Paxtakor” klubi birinchilardan boʻlib mukofot pullarini qabul qilib oldi. Klub hisobiga Superligada 2-oʻrinni egallagani uchun 800 million soʻm, shuningdek, futzal jamoasi mamlakat chempionatida 2-oʻrinni qoʻlga kiritgani uchun 200 million soʻm oʻtkazib berildi.
Tashkilot xabarida aytilishicha, Oʻzbekiston Professional futbol ligasi qolgan barcha klublarga ham vaʼda qilingan mukofot pullarini bosqichma-bosqich oʻtkazib berish boʻyicha muzokaralar olib bormoqda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi
NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik”
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin
Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi
Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi
U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin