date
views 4 599

Madrimov - Roxas jangi oldidan vazn oʻlchash marosimi boʻlib oʻtdi (foto)

Madrimov - Roxas jangi oldidan vazn oʻlchash marosimi boʻlib oʻtdi (foto)
Habaringiz bor, mamlakatimizning yana bir isteʼdodli bokschisi, Isroil Madrimov 10 mart kuni oʻzining ikkinchi jangini venesuelalik Frenk Roxasga qarshi oʻtkazadi.

Bugun ushbu bokschilar ishtirokida vazn oʻlchash marosimi boʻlib oʻtdi.

Eslatib oʻtamiz, ushbu jang Oʻzbekiston vaqti bilan 10 mart kuni boʻlib oʻtadi va soat 7:00 dan boshlab “Sport” telekanali orqali jonli efirda namoyish etiladi.

Maʼlumot uchun, Roxas shu paytgacha professional boksda 26 marta ringga koʻtarilib 24 bor zafar quchgan. Gʻalabalarining 23 tasida raqiblarini nokautga uchratgan. Shuningdek, uning hisobida 2 magʻlubiyat ham bor.

Madrimov esa dastlabki jangida meksikalik raqibini nokautga uchratib, WBA Intercontinental kamariga ega chiqqan edi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Madrimov - Roxas jangi oldidan vazn oʻlchash marosimi boʻlib oʻtdi (foto)