Gvardiola “Manchester Siti” bilan yangi shartnoma imzolamoqchi

“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola keyingi toʻrt yilni “shaharliklar” safida oʻtkazishga tayyor.
Maʼlumotlarga koʻra, ispaniyalik mutaxassis doʻstlariga “Siti” bilan 2023 yilgacha moʻljallangan bitimga imzo chekishga tayyorligini aytgan. Shunday qilib, u “Manchester Siti”da 7 yil ishlashi mumkin.
Oldinroq, “Yuventus” vakillari ispaniyalikning agenti bilan ikkita uchrashuv oʻtkazishga muvaffaq boʻlishdi, ammo Gvardiolaning oʻzi Italiyaga koʻchib oʻtmoqchi emas.
“Manchester Siti” egalari Gvardiola klubda 10 yil qolishini xohlashmoqda. U bilan tuzilgan amaldagi shartnoma 2021 yilning yozida yakuniga yetadi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Maʼlumotlarga koʻra, ispaniyalik mutaxassis doʻstlariga “Siti” bilan 2023 yilgacha moʻljallangan bitimga imzo chekishga tayyorligini aytgan. Shunday qilib, u “Manchester Siti”da 7 yil ishlashi mumkin.
Oldinroq, “Yuventus” vakillari ispaniyalikning agenti bilan ikkita uchrashuv oʻtkazishga muvaffaq boʻlishdi, ammo Gvardiolaning oʻzi Italiyaga koʻchib oʻtmoqchi emas.
“Manchester Siti” egalari Gvardiola klubda 10 yil qolishini xohlashmoqda. U bilan tuzilgan amaldagi shartnoma 2021 yilning yozida yakuniga yetadi.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…