Xoland «Manchester Siti» bilan uzoq muddatli yangi shartnoma imzoladi

Xoland «Manchester Siti» bilan uzoq muddatli yangi shartnoma imzoladi
Qisqacha

Erling Holand "Manchester City" bilan yangi, 10 yillik shartnoma imzoladi va o'zining kelajagi haqida barcha shubhalarga chek qo'ydi. U jamoaga to'liq sodiq ekanligini va uni tark etish niyatida emasligini tasdiqladi. Bu yangilik "Real Madrid" va "Barselona" klublari uchun kutilmagan zarba bo'lib, ular Holandni o'z safiga qo'shish uchun rejalar tuzayotgan edi. Holandning so'nggi bayonoti uning Manchesterda faoliyatini davom ettirishini ko'rsatdi.

«Manchester Siti» hujumchisi Erling Xoland o'z kelajagi borasidagi barcha shubhalarga chek qo'ydi. 25 yoshli futbolchi Angliya klubiga to'liq sodiqligini va jamoani tark etish niyati yo'qligini rasman tasdiqladi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

Norvegiyalik yulduz «Etixad» stadionida o'zini juda baxtli his qilayotganini ta'kidladi. Uning «shaharliklar» bilan imzolagan tarixiy shartnomasi 10 yilga mo'ljallangan bo'lib, bu uning uzoq muddatli rejalaridan dalolat beradi.

Xoland «Manchester Siti» bilan uzoq muddatli yangi shartnoma imzoladi

Ushbu bayonot Ispaniyaning «Real Madrid» va «Barselona» klublari uchun kutilmagan zarba bo'ldi. Har ikki jamoa uzoq vaqtdan beri hujumchini o'z safiga qo'shib olishni maqsad qilgan va uning transferi bo'yicha turli rejalarni tuzib kelayotgan edi.

Lotin Amerikasi va Yevropa matbuotida Xolandning La Ligaga o'tishi haqidagi xabarlar tinimsiz tarqalayotgan edi. Biroq futbolchining so'nggi so'zlari bu mish-mishlarga nuqta qo'ydi va uning Manchesterdagi faoliyati davom etishini ko'rsatdi.

Xoland «Manchester Siti» bilan uzoq muddatli yangi shartnoma imzoladi
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar