Kontinental xokkey ligasida yangi ishtirokchi paydo boʻlishi mumkin - Oʻzbekiston klubi. Bu 2022 yilgi Olimpiya oʻyinlaridan keyin sodir boʻladi. Avvaliga, klub Yuqori xokkey ligasi (VXL)da debyut qiladi. Bu haqda KXL vitse-prezidenti Vitaliy Proxorov maʼlum qildi, deb xabar bermoqda Kun.uz nashri.
“Hozircha bizda Oʻzbekistonda VXL jamoasini tashkil etish rejalari bor, u kelasi mavsumdayoq ligaga qoʻshiladi, - deya Proxorovning soʻzlarini keltirgan Chempionat.com. - Klub tajriba orttirishi kerak, keyinchalik esa - Pekin Olimpiadasidan soʻng, KXL tarkibiga kirishi mumkin”.
Uning bildirishicha, KXLda rivojlanish strategiyasi mavjud va nazariy jihatdan Markaziy Osiyo divizionida “Kunlun”, “Baris”, Koreya, Yaponiya hamda Xitoy jamoalari, shuningdek, Uzoq Sharqdan klublar ishtirok etishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Toshkent viloyatida ekologiya inspektorlari hujumga uchradi
Buxoroda yodgorliklarni ta’mirlashga ajratilgan 3,3 mlrd so‘m talon-toroj qilindi
Gruziya Bosh vaziri AQSHga tashrif buyurishdan bosh tortdi
Har bir qizning orzusi: turk seriallaridagi eng chiroyli 4 ta to‘y
Shoygu Ukraina dronlariga qarshi qo‘llaniladigan yangi vositalar bilan tanishdi
Ukraina 300 mingta dron sotib olish uchun pul ajratadi
Moskvada Ukrainadan tortib olingan NATO harbiy texnikalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi