Xames Rodriges “Real”ga qaytmoqchi

Xames Rodriges “Real”ga qaytmoqchi
Ijara asosida “Bavariya”da toʻp surayotgan kolumbiyalik futbolchi Xames Rodriges “Real”ga qaytmoqchi. Bu haqda Marca nashri xabar tarqatdi.

Manbaning maʼlum qilishicha, futbolchi Myunxen klubi ustozi Niko Kovach bilan kelisha olmayotgani sababli jamoani tark etishga qaror qilgan. Xames agar “Real”ga qayta olmasa, boshqa jamoaga oʻtishni rejalashtiryapti.

Maʼlumot uchun, uning amaldagi shartnomasi 2021 yilgacha moʻljallangan.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar